Tahliliy ma'lumotlar

   Chortoq tuman hokimligida ijro intizomini ta’minlashda 2009 yil
5 avgustda o’tkazilgan selektor yig’ilishida belgilangan vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli hamda 29 martdagi 140-sonli qarorlari hamda O’zbekiston Respublikasining 13.12.2002 yildagi «Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida» gi Qonunining  talablari asosida tashkil etib kelinmoqda.

   Xususan, tumanda 2013 yil fuqarolar tomonidan 1313 ta shikoyatlar tushgan bo’lib 2014 yilda 703 taga ya’ni 610 taga kamaytirishga erishildi. 2014 yil davomida fuqarolar tomonidan ariza va shikoyatlarni  kamaytirish maqsadida tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman ichki ishlar bo’limlari tomonidan may, iyun va avgust oylarida tumandagi SHFY, QFY, MFY larda fuqarolar bilan uchrashuvlar  tashkil etilib fuqarolardan tushgan muammolarni joyida xizmat ko’rsatuvchi mutasaddi raxbarlar bilan xal etilib fuqarolarni murojaatlarni kamaytirishni choralarini ko’rildi. 

   2014 yil mobaynida Chortoq tuman hokimligiga kelib tushgan fuqarolarning qabul qilish, xat va arizalarini tuman hokim o’rinbosarlari va mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda o’z joyiga borib atroflicha o’rganib chiqib fuqarolarga yetarli darajada kamchiliklarsiz xal etib berildi.

   Tumandagi SHFY, QFY MFY larda fuqarolarning yozma va og’zaki murojatlarin qonuniy tartibda xar oy davomida hokimlik mutasaddilari tomonidan nazoratga olinib hokimlik soati yig’ilishlarida SHFY, QFY, MFY raislari tomonidan qilingan ishlar yuzasidan taxliliy ko’rib muxokama qilib chiqilmoqda.

   Tuman hokimi va o’rinbosarlari, mutaxassislari tomonidan fuqarolarning shaxsan qabul qilib va har bir og’zaki va yozma murojatlarini qonuniy talablar asosida belgilangan muddatlardan kechiktirmagan xolda atroflicha o’rganib chiqib muammolarini o’z yechimini topilmoqda.

   Hokimlik raxbarlari tomonidan “Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali” orqali kelayotgan fuqarolar va tadbirkorlarning murojatlarini o’z vaqtida kechiktirmagan xolda qabul qilinib murojatni mazmuniga asosan tegishli raxbarlar tomonidan atroflicha qonuniy doirada o’rganib chiqib o’z muddatida murojatni yuboruvchiga javob qaytarilib kelinmoqda.

   Fuqarolar murojatlari bo’yicha olib borilayotgan ishlarni muntazam ravishda nazoratga olib borish maqsadida ma’sul xodimlarning xuquqiy bilimlarini oshirish maqsadida o’quv seminarlari tashkil etilmoqda va kompyuter texnikasi imkoniyatlaridan to’liq va maqsadli foydalanishni yo’lga qo’yish samaradorligini oshirib kelinmoqda.

   Tuman hokimligi tomonidan tumanda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 12-son qarori xamda Fuqarolar murojaatlari to’g’risidagi Qonun talablariga muvofiq, tuman hokimligining ijro etuvchi tarkibiy bo’linmalari bilan birgalikda hujjatlarni puxta hisobga olish, tahlil etish va ularning ijrosini nazorat qilish bo’yicha tizimli ravishda doimiy ish olib boriladi.

: