To’raqo’rg’ondan yetishib chiqqan mashxur insonlar

ASIRIDDIN AXSIKATIY

Bu tabarruk inson taxallusidan xam bilinib turibdiki, qadimiy Axsikent farzandidir. Ko’xna bitiklarida Abdulfazl Muxammad Toxir Asiriddin Axsikatiy deyilgan. U 1108- 1110 yillarda tug’ilgan. Taxminan 1196-1198 yillarda vafot etgan. Xamyurtimiz Mavoraunnaxrda ichki feodal kurashlarning kuchayganligi oqibatida musofirlikda yashashga majbur bo’ldi. Ilm istab Balx, Xirot va Marvga boradi. Keyin Xurosondan Ajali Iroqi (/arbiy Eron)ga keladi. SHu yerda va Ozarbayjonda 40 yil yashab, shoir sifatida kamolotga erishdi. «Malikush- shuaro» - darajasiga ko’tarildi. Asiriddin Axsikatiy o’zining sherlarida baxil, munofiq va riyokor saroy axlini qattiq xajv qildi. Odamlarni insofu adolatga da’vat etdi.

ZAXIRIDDIN MUXAMMAD BOBUR (1483-1530)

Bobur 1483 yilning 14 fevralida Farg’ona viloyatida Axsi xokimi Umarshayx Mirzo oilasida tavallud topdi. Otasi Axsidagi kabutarxona qulashi oqibatida fojeali xalok bo’lgach, 12 yoshli Bobur taxtga o’tiradi. Lekin unga ota makonida yashash, o’z yurtini obod etish nasib etmadi. SHayboniylarning qattiq zarbasiga uchragach, noiloj o’z Vatanini tark qildi. Afg’oniston sari yo’l soldi. So’ng xind imperatori Ibroxim Ludiy ustidan muzaffarlikka erishib, Xindistonni xam qo’lga kiritdi.

Bobur katta davlat arbobi va sarkarda ekanligi bilan birga talantli olim va shoir xam edi.

U 1530 yilda Xindistonning Agra shaxrida vafot etdi. Oradan bir necha yil o’tib, vasiyatiga ko’ra xoki Afg’onistonning qobul shaxriga keltirilib, qabrga qo’yildi.

Boburni xam namanganliklar, xam andijonliklar xamyurt sifatida xamisha e’zozlab yodga olishadi. Uning nomini abadiylashtirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilgan.

XAYRAT TO’RAQO’RG’ONIY (1845-1915)

Umrzoq Xolboy o’g’li Xayrat Yortepada kambag’al dexqon oilasida tug’ilgan. U ilk bilimni qishloqda oldi, so’ng To’raqo’rg’ondagi /oyibnazar qozi madrasasida o’qidi. Mingboshiga mirzalik vazifasida ishlab, tirikchilik o’tkazdi.

Xayratning ijodi Muqimiy va Furqatlarnikiga xamoxang. U xam ilm-maorif, fan va madaniyatni targ’ib-tashviq etuvchi she’rlar yozdi. U umrining oxirigacha faol qalam tebratib, o’zidan «Devon» qoldirdi.

Xayratning adabiy merosini o’rganish XX asrning 70-yillarida boshlangan.

ISXOQXON IBRAT (1862-1937)

Ibrat 1862 yilda To’raqo’rg’onda bog’bon oilasida tug’ilgan. Dastlab oilasida onasi Xurbibidan, keyin esa eski maktab muallimidan saboq olgan. qo’qondagi Muxammad Siddiq Tunqator madrasasini xam o’qib tugatgan. 1887-1895 yillari xorijga safar qildi. O’z yurtiga qaytgach, bir nechta ilmiy asarlarini, «Ilmi Ibrat» she’riy to’plamini yozib, o’zi tashkil etgan litografiyada bosmadan chiqardi.

Isxoqxon Ibrat 1937 yilda, 75 yoshida shaxsga sig’inish davri qatag’onining qurbonlaridan biri bo’ldi. U o’limidan keyin oqlandi.

Xamyurtimizning «Tanlangan asarlar»i mustaqillik yillarida ikki marta chop etildi. Adabiyotshunos olim Ulug’bek Dolimovning «Isxoqxon Ibrat» nomli kitobi o’quvchilar qo’liga tegdi. Ulug’ insonning  nomi abadiylashtirilgan. To’raqo’rg’onda esa Ibrat muzeyi tashkillandi.

Tumanda uch karra jaxon chempioni Rustam Umarov

«El-yurt xurmati» ordeni soxibi Ne’matjon To’ychiev

«O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi» Sobirjon Badalov

: