Innovatsion loyihalar taqdimoti

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida VIII Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasi bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi, viloyat hokimligi, viloyat hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Unda Farg’ona vodiysidagi oliy o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari olimlari o’zlarining ilg’or innovatsion g’oyalari, texnologiya va loyihalari, ilmiy ishlanmalari bilan qatnashdi. 

Prezidentimizning 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori oliy ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqot muassasalarida intellektual salohiyatdan samarali foydalanish, ilmiy-tadqiqotlar natijalarini iqtisodi       yotning real sektori tarmoqlarida joriy etilishi, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integartsiyasini mustahkamlashda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.

– Yetti yildan buyon o’tkazib kelinayotgan ushbu an’anaviy yarmarkaning bu yilgisida 120 dan ziyod ishlanmalar namoyish etilmoqda, viloyat hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi ijrochi direktori, professor Rustamjon Murodov.

Hududiy taqdimotda sanoat korxonalari, fermer xo’jaliklari, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari taklif etigan innovaitson ishlanmalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’ldilar.

Yarmarkada namoyish etilgan ishlanmalar orasida qayta tiklanuvchi energiya manbaalaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, paxta tozalash korxonalarida jinlashni takomillashtirish, meva-sabzavot hamda uzumdan yuqori hosil yetishtirish kabilar salmoqli o’rin egalladi.

-Bugungi yarmarkada Fanlar akademiyasi qoshidagi respublika energetika va avtomatika institutimiz tomonidan mini GES va elektr tejamkorligi ishlanmasi bilan ishtirok etmoqdamiz, deydi labaratoriya bo’limi mudiri Umarboy Odamov. –Bu g’oyamiz to’g’onsiz quriladigan ushbu yangi texnologiya suv resurslaridan 10 kilovattdan 50 kilovattgacha bo’lgan elektr energiyasini ishlab chiqaradi.  

Yarmarkada shuningdek, akademik, fan doktorlar tomonidan yosh olimlar va iste’dodli talabalar uchun zamonaviy ilm-fanning dolzarb masalalari, jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, kimyo, biologiya, biotexnologiyalarni dolzarb masalalari, kompozitsiyalar asosidagi yangi materiallar mavzularida ma’ruzalar o’qildi.

Ko’rgazma davomida innovatsiya g’oya va ishlanmalarni taqdim etgan oliy ta’lim, ilmiy-texnikaviy muassasalar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida 20 dan ortiq shartnoma imzolandi. 

Yarmarka ishida viloyat hokimi B.Yusupov, O’zbekiston Fanlar akademiyasi rahbari, akademik Shavkat Solihovlar ishtirok etdi.

: