• |ДАВЛАТ РАМЗЛАРИ:
  • |
  • |
  • |
  • | 11:51:00 (GMT+5)   06.09.2019 |
  • Манзил Қайта алоқа

    O‘zbekistonda 2023-yilda aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi

    • Қўшилди :
      19.11.2020
    • Кўрилди
      4

    Hukumat qarori bilan (710-son, 11.11.2020 y.) O‘zbekistonda 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

    2021-yil 1–25 noyabrda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, Xiva shahri hamda Toshkent shahri Yashnobod tumanlarida aholi sinov tariqasida ro‘yxatga olinadi.
            Butun aholini ro‘yxatga olish esa 2023-yil 1–25 - noyabrda quyidagicha amalga oshiriladi:

    1–5 - noyabrda aholi internet tarmog‘i orqali ro‘yxatga olinadi;
            6–10 - noyabrda internet orqali ro‘yxatga olingan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxati shakllantiriladi;
            11–22 - noyabrda aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurib aholi ro‘yxatga olinadi;
            23–25 - noyabrda har bir uchastkadagi uy-joy manzillarining
    10 foizi tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganiladi.
            Qaror bilan aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan shaxslarga haq to‘lash tartibi va miqdorlari tasdiqlandi.