• |ДАВЛАТ РАМЗЛАРИ:
  • |
  • |
  • |
  • | 11:51:00 (GMT+5)   06.09.2019 |
  • Манзил Қайта алоқа

    To‘raqo‘rg‘onda “Ibrat” filmining ilk premyerasi bo‘lib o‘tdi

    • Қўшилди :
      01.10.2020
    • Кўрилди
      2
    To‘raqo‘rg‘onda “Ibrat” filmining ilk premyerasi bo‘lib o‘tdi

    To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ibrat majmuasida “O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Kinomaniya” studiyasi tomonidan suratga olingan “Ibrat” badiiy filmining taqdimotiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

     

    Dastlab majmuadagi Isxoqxon to‘ra Ibrat haykali poyiga gullar qo‘yildi. Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov poytaxtdan kelgan kinoijodkorlarni samimiy qutladi.

     

    — Ushbu film premyerasi aynan To‘raqo‘rg‘on tumani tanlangani bejiz emas. Chunki Isxoqxon to‘ra Ibrat shu zaminda tug‘ilib, voyaga yetgan. Bugungi kunda uning nomi bilan yuritiluvchi tillar maktabi va muzey ham shu tumanda joylashgan. Film premyerasi 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni o‘tkazilayotganida ham ramziy ma'no bor. Chunki Ibrat domla birinchi galda buyuk ma'rifatparvar va ulug‘ ustoz bo‘lganlar, — dedi viloyat rahbari.

     

    To‘raqo‘rg‘on tuman madaniyat markazida “Ibrat” badiiy filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekkino” Milliy agentligi direktori Firdavs Abduholiqov, agentlik direktori o‘rinbosari Shuhrat Rizaev, film rejissyori Jahongir Qosimov, aktyor Matyoqub Matchonov so‘zga chiqib, ushbu filmni suratga olinishi jarayoni, bugungi kun tomoshabini uchun ahamiyati haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.  

     

    Shundan so‘ng “Ibrat” badiiy filmi ilk bor namoyish etildi. Uni tomoshabinlar, jumladan, Isxoqxon to‘ra Ibratning avlodlari olqishlar bilan qarshi oldi.