28.12.2024
To‘raqo‘rg‘on tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Budjet kodeksining 27, 99-moddalari, “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga va xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining 2024-yil 26-dekabrdagi VII 4-030-6-0-K/24-son qaroriga muvofiq hamda Namangan viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 26-dekabrdagi 02/01-32/813/1-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashi
QARORQILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasining “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni hamda xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining 2024-yil 26-dekabrdagi VII 4-030-6-0-K/24-son qarori (keyingi o‘rinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.2. Mazkur qarorga muvofiq, To‘raqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining2025-yilgi daromadlari 158 mlrd. 868 mln. 798 ming so‘m va xarajatlari esa 158 mlrd. 868 mln. 798 ming so‘mga ma‘lumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek To‘raqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetining shaxsiy g‘azna hisob varag‘ida turgan budjet mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori 461 mln. 464 ming so‘m so‘m etib belgilanganligi inobatga olinsin.3. Tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2025-yil uchun asosiy prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda tuman mahalliy budjetidan 2025-yilda hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 2-ilovaga muvofiq, shuningdek To‘raqo‘rg‘on tumani mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari va boshqa soliqsiz tushumlardan ajratmalar me’yorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 4. Tuman mahalliy budjeti zaxira jamg‘armasi hajmi 2025-yil uchun 2 mlrd. 170 mln. 335 ming so‘m miqdorida belgilansin. Bunda, zaxira jamg‘armasi mablag‘larini amaldagi budjet qonunchiligiga muvofiq, budjet tizimi budjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib bo‘lmaydigan xarajatlarni, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi ta‘minlansin.
5. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Q.Soxodillayev, tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi (U.Axmedxodjayev), tuman soliq inspeksiyasi (M.Isomiddinov) bilan birgalikda 2025-yil mahalliy budjeti uchun belgilangan ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.6. Hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar budjetdan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda to‘liq rejalashtirilishi va o‘z vaqtida to‘lanishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirilishi va o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlasin.7. Mazkur qaror tegishli tahririyatlar va ommaviy axborot vositalarida yoritilishitavsiya etilsinhamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.8. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi M.Appaqov hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Q.Soxodillayev zimmasiga yuklatilsin.