Aholini roʻyxatga olishning birlamchi maʼlumotlarni kiritish va qayta ishlash axborot tizimining maqsadlari va vazifalari

Aholini roʻyxatga olishning birlamchi maʼlumotlar tizimi Oʻzbekiston Respublikasi hududida yaxlit va har bir maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha aniq bir vaqtda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari toʻgʻrisida xalqaro taqqoslana oladigan ishonchli, xolis va yaxlit maʼlumotlarni yagona statistik uslublar asosida yigʻish, qayta ishlash, tahlil etish, taxrirlash, umumiy maʼlumotlarni shakllantirish hamda aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tezkor shakllantirish maqsadida ishlab chiqildi.Quyidagilar axborot tizimini ishlab chiqishning asosiy maqsadlari sifatida inobatga olingan:• aholi tarkibidagi global oʻzgarishlarni baholash, demografik siyosatni, aholi sogʻligʻini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun axborotlar bazasini kengaytirish;• aholi punktlari va shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish va ularni joylantirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlar tayyorlash va indikativ rejalashtirish;• milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini shakllantirish va uning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʻtkazish;• aholini roʻyxatga olish davrlari oraligʻida aholi soni va tarkibining joriy hisobini yuritish, aholi sonining hisobi va prognozlarini amalga oshirish uchun statistik bazani yaratish;• ijtimoiy-iqtisodiy muammolar boʻyicha ilmiy tadqiqotlari amalga oshirish.Aholini roʻyxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli boʻlgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va eʼlon qilishning yagona jarayonini oʻz ichiga olib, aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning asosiy manbai hisoblanadi va u kelgusi 10 – 30 yillik rivojlanishning prognoz koʻrsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi.Hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam koʻrsatish boʻyicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur maʼlumotlarni olish imkonini beradi. U aholi sonini ishonchli hisoblash, shuningdek, aniq belgilab qoʻyilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, Yoshi, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlari boʻyicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflashning universal usulini ishga solgan holda rasmiy statistika tizimida asosiy rol oʻynaydi.

Aholini ro‘yxatga olish bilan Fuqarolarda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga ta’sir etish imkoniyati vujudga keladi

Aholini ro‘yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o‘zi uchun zarur bo‘lib, u vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim eta turib, o‘zlari mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Misol uchun, ishsizlarning so‘rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o‘rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini bersa,  bolalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar maktab, maktabgacha ta’lim muassasalari va shu kabi muassasalar qurilishi rejalarini tuzishda qo‘l keladi. Yosh haqidagi ma’lumotlar pensiyaga chiqadiganlar soni, ularning pensiya to‘lovlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni jamg‘arib borish imkonini beradi. Har yili maktabgacha ta’lim, umumta’lim maktablari yoki oliy ta’limga qabul qilinadigan yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham xuddi shunday shakllanadi. Yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa har birimizning uyimizgacha keladigan yo‘llar qurilishi, kommunikatsiyalar bilan ta’minlashni rejalashtirish uchun zarur.

#саховат

Инсон учун саломатликдан бебаҳо  бойлик йўқ. Тани сиҳатлик барча қувончлар манбаи. Аммо, бу ҳаётда турли хасталикка чалиниб, моддий етишмовчиликларга учраётганлар бор.

Ўтказилаётган сайёр қабулларда  кам таъминланган, эҳтиёжманд оилаларнинг тиббий кўмак мазмунидаги мурожаатлари алоҳида назоратга олинади.

Бугун ана шундай тоифадаги 20 нафар беморларга Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 6 мартдаги Ф-18-сонли фармойишига кўра даволаниш ҳаражатлари учун ажратилган жами 272 миллион 995 минг сўм маблағ сертификатлари "Ўзбекнефтгаз" АЖ бошқаруви раиси ўринбосари Бахтияр Анаркулов, туман ҳокими Шерали Қосимов томонидан топширилди.

Эътибор ва ғамҳўрликдан баҳраманд бўлганлар муҳтарам Президентимизга миннатдорчилик билдирдилар.

Жамоат транспорти: "Бир миллионлик шаҳар"га яраша хизмат кўрсатилади

Хабарингиз бор, Наврўз байрами арафасида наманганликлар учун яна бир совға хориждан яна 30 та замонавий автобуслар етиб келган эди.

Янги автобуслар 7 апрель кунидан шаҳар кўчаларида ҳаракатлана бошлайди. Шу муносабат билан бугун бўлиб ўтган тантанали тақдимот маросимида вилоят жамоатчилиги: нуронийлар, соҳа фахрийлари ва ишчилари иштирок этдилар. 

Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов табрик сўзида вилоят марказида йўловчи ташиш тизимини такомиллаштириш борасида амалга оширилаётган ишларга алоҳида тўхталиб, бу каби лойиҳалар давом эттирилишини таъкидлади.

Шундан сўнг расмзий лента қирқилиб, жамоатчилик вакиллари янги автобус қулайликлари билан танишдилар.

“Турон-95 МБИ” МЧЖ томонидан олиб келинган ва Хитойнинг “ZHONG TONG BUS” компаниясида ишлаб чиқарилганмазкур жамоат транспортларида йўловчилар учун барча шароитлар мавжуд.

Хусусан, 27 ўриндиқли автобус ёзда совитиш, қишда иситиш тизимига эга. “GPS” тизими ва ҳар томонлама видеокузатув камералари билан жиҳозланган. Ногиронлиги бор кишилар учун махсус йўлак (пандус) ҳамда алоҳида жой ажратилган.Эслатиб ўтамиз, ушбу автобуслар 5-сонли Чорсу-Проктология шифохонаси, 6-сонли Чорсу-Машад ҳамда 7-сонли Оромгох-Чорсу йўналишларида ҳаракатланади.

Сиёсий маърифат соати бўлиб ўтди

Навбатдаги ўқувда Тўрақўрғон тумани ҳокимлиги ижроия аппарати ходимлари ҳам иштирок этишди.

Дастлаб юртимиз ҳаётига оид янгиликлар, хусусан Президент иштирокидаги энг муҳим тадбирлар, жамият тараққиёти учун хизмат қиладиган янги лойиҳаларнинг тақдимот маросимлари, Самарқанд шаҳрида ўтаётган “Марказий Осиё-Европа Иттифоқи биринчи саммити” ҳақида мукаммал ахборот берилди.

"Жадид" газетаси шарҳи, "Маҳалладан гапирамиз" рукни остидаги янгиликлар билан таништирилди.