O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabrdagi “Mahalliy davlat xokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, maxalliy byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5283-sonli Farmoni ijrosiga muvofiq hamda joriy yilning 5 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida o’tkazilgan videoselektor majlisida berilgan topshiriqlariga ijrosini ta’minlash bo’yicha tuman mahalliy byudjetining 2023 yillik ijrosi haqida

 

To‘raqo‘rg‘on tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organliri javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5283-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan 2023 yillik ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqib, xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashi

 

QAROR   QILADI :

  • To‘raqo‘rg‘on tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Ahmedxodjaevning taqdim etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, maxalliy byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organliri javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5283-sonli Farmoni ijrosiga muvofiq mahalliy byudjetning 2023 yillik ijrosi to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  • To‘raqo‘rg‘on tuman mahalliy byudjetining 2023 yil ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti tasdiqlansin.

         Unga ko‘ra, To‘raqo‘rg‘on tuman mahalliy byudjeti daromadlarining                2023 yillik aniqlangan rejasi  117 mlyard 829,7 mln so‘mga belgilanganligi haqiqatda tushumlar  134 mlyard 756,2 mln so‘mga  yoki aniqlangan rejaga  nisbatan  114  foizga ortig‘i bilan bajarilganligi tuman mahalliy byudjetining 2023 yillik harajatlar rejasi 359 mlyard 261,7 mln so‘m bo‘lib, 372 mlyard 986,6 mln so‘m ga yoki 103,8 foizga moliyalashtirilganligi ma’lumot uchun qabul kilinsin.

  • To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligining, mas’ul hodimlari va tashkilotlarning e’tibori byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, byudjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va mas’uliyatni yanada kuchaytirish, mahalliy byudjetga soliqlar va boshka majburiy to‘lovlarning to‘liq tushumini ta’minlash zarurligiga qaratilsin.
  • Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi Hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan tadbirlar, dasturlar asosida ajratilgan mablag‘larni to‘liq moliyalashtirilishi, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larni to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlasin va ijrosini qat’iy nazoratga olsin.
  • Tuman Davlat solik inispeksiyasiga:

  • byudjet daromadlari tasdiklangan prognoz rejasini so‘zsiz oshirib bajarish;
  • byudjet daromadlari tushumini uzluksiz bir maromda undirilishi ta’minlash;
  • maxalliy byudjetga qo‘shimcha daromadlar tushumini ta’minlash, soliq yig‘uvchanligini oshirish hamda boqimanda qarzdorliklarni keskin kamaytirish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish vazifalari topshirilsin.

  • Tuman hokimining iktisodiyot va tadbirkorlik masalalari buyicha birinchi o‘rinbosariga tuman xududida 2023 yilda amalga oshiriladigan loyixalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlash hamda mavjud muammolarini tezkor hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish vazifasi yuklatilsin.
  • Tuman hokimligi tegishlini mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda byudjet daromadlarining tasdiqlangan ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlasinlar, xududning solik solish bazasi kengaytirilishi va moliyaviy saloxiyati mustaxkamlanishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar ko‘rsinlar, byudjet mablag‘laridan manzilli, maqsadli va samarali foydalanishi ustidan katiy nazorat o‘rnatsinlar.
  • Tuman hokimligi moliya bo‘limi (U.Ahmedxodjaev) Xalq deputatlari tuman Kengashiga maxalliy byudjetning ijrosi yuzasidan xar chorakda axborot berib borsin.
  • Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasiga topshirilsin.
  • Mazkur qaror ijrosini nazorati tuman hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b J.Fozilov hamda xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi T.Bosidjanovlar zimmasiga yuklatilsin.
  • Mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.