O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabrdagi Mahalliy davlat xokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, maxalliy byudjetlarga tushumlarning toliqligini taminlash boyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisida”gi PF-5283-sonli Farmoni ijrosiga muvofiq hamda joriy yilning 5 iyun kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida otkazilgan videoselektor majlisida berilgan topshiriqlariga ijrosini taminlash boyicha tuman mahalliy byudjetining 2024 yil I-chorak ijrosi haqida
To’raqo’rg’on tuman iqtisodiyot va moliya bolimi tomonidan taqdim etilgan O”zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabrdagi Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to’liqligini ta’minlash bo’yicha soliq va moliya organliri javobgarligini kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5283-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan 2024 yil I-chorak ijrosi to’g’risidagi hisobotni ko’rib chiqib, xalq deputatlari To’raqo’rg’on tuman Kengashi
QAROR QILADI :
- To’raqo’rg’on tuman iqtisodiyot va moliya bo’limi boshlig’i Ahmedxodjaevning taqdim etgan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabrdagi Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, maxalliy byudjetlarga tushumlarning to’liqligini taminlash bo’yicha soliq va moliya organliri javobgarligini kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5283-sonli Farmoni ijrosiga muvofiq mahalliy byudjetning 2024 yil I-chorak ijrosi to’g’risidagi axboroti malumot uchun qabul qilinsin.
- To’raqo’rg’on tuman mahalliy byudjetining 2024 yil I-chorak ijrosi to’g’risidagi hisoboti tasdiqlansin.
Unga ko’ra, To’raqo’rg’on tuman mahalliy byudjeti daromadlarining 2024 yil I-chorak aniqlangan rejasi 16 mlyard 146,3 mln so’mga belgilanganligi haqiqatda tushumlar 16 mlyard 161,8 mln so’mga yoki aniqlangan reja 100 foizga bajarilganligi tuman mahalliy byudjetining 2024 yil I-chorak harajatlar rejasi 70 mlyard 491,8 mln so’m bo’lib, 58 mlyard 458,1 mln so’m ga yoki 83 foizga moliyalashtirilganligi malumot uchun qabul kilinsin.
- To’raqo’rg’on tuman hokimligining, mas’ul hodimlari va tashkilotlarning e’tibori byudjet mablaglaridan maqsadli va samarali foydalanish, byudjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va mas’uliyatni yanada kuchaytirish, mahalliy byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’liq tushumini ta’minlash zarurligiga qaratilsin.
- Tuman iqtisodiyot va moliya bo’limi Hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan tadbirlar, dasturlar asosida ajratilgan mablaglarni to’liq moliyalashtirilishi, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar uchun ko’zda tutilgan mablaglarni to’liq moliyalashtirilishini taminlasin va ijrosini qatiy nazoratga olsin.
- Tuman Davlat solik inispeksiyasiga:
- byudjet daromadlari tasdiklangan prognoz rejasini so’zsiz oshirib bajarish;
- byudjet daromadlari tushumini uzluksiz bir maromda undirilishi ta’minlash;
- maxalliy byudjetga qo’shimcha daromadlar tushumini ta’minlash, soliq yig’uvchanligini oshirish hamda boqimanda qarzdorliklarni keskin kamaytirish yuzasidan zarur choralarni ko’rish vazifalari topshirilsin.
- Tuman hokimining iktisodiyot va tadbirkorlik masalalari buyicha birinchi o’rinbosariga tuman xududida 2024 yil I-chorakda amalga oshiriladigan loyixalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taminlash hamda mavjud muammolarini tezkor hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rish vazifasi yuklatilsin.
- Tuman hokimligi tegishlini mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda byudjet daromadlarining tasdiqlangan ko’rsatkichlari bajarilishini ta’minlasinlar, xududning soliq solish bazasi kengaytirilishi va moliyaviy saloxiyati mustaxkamlanishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar ko’rsinlar, byudjet mablaglaridan manzilli, maqsadli va samarali foydalanishi ustidan katiy nazorat o’rnatsinlar.
- Tuman hokimligi moliya bo’limi (U.Ahmedxodjaev) Xalq deputatlari tuman Kengashiga maxalliy byudjetning ijrosi yuzasidan xar chorakda axborot berib borsin.
- Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari To’raqo’rg’on tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha doimiy komissiyasiga topshirilsin.
- Mazkur qaror ijrosini nazorati tuman hokimining birinchi o’rinbosari v.v.b J.Fozilov hamda xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi T.Bosidjanovlar zimmasiga yuklatilsin.
- Mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.