Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar loyihasi

ommaviy muhokamaga qoʻyildi

Konstitutsiyani oʻzgartirishga oid qonun loyihasi «Bumening Konstitutsiyam» portalida ikki tilda e’lon qilindi. Fuqarolar oʻz fikrlarini yozib qoldirish imkoniyatiga ega.

25-iyun kuni «Bumening Konstitutsiyam» portalida konstitutsiyani oʻzgartirishga oid qonun loyihasi umum xalq muhokamasi uchun oʻzbek va rustillarida e’lon qilindi. Loyiha Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi oʻqishda bir ovozdan qabul qilingan edi.

Konstitutsiyani isloh qilish boʻyicha 46 kishidan iborat konstitutsiyaviy komissiya bir oy ichida hujjat loyihasini ishlab chiqdi. Portal orqali fuqarolar va tashkilotlardan 60 mingdan ortiq takliflar qabul qilib olindi.

Qonunchilik palatasining murojaatida qayd etilishicha, loyihada Konstitutsiyaning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq oʻzgartishlar kiritish koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda.

Parlament quyi palatasi fuqarolarni muhokamada faolishtirok etishga chaqirdi: «Har bir inson ushbu hujjatni meniki, mening Konstitutsiyam deyishi, unda oʻzini, oilasini, mahallasini, jamiyat va davlatni yillar davomida bezovta qilib kelgan muammolar yechimini koʻrishi muhim.  Yurt kelajagi va Vatanimiz taqdiri siz va bizning mazkur jarayondagi faol ishtirokimizga bogʻliq boʻlib, kelgusi taraqqiyotimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi.».