To‘raqo‘rg‘on tuman 1-sonli kasb-hunar maktabining kimyo fani o‘qituvchilari D.Vaxabova va N.Asqarova  ''Oksidlanish va qaytarilish jarayoni'' mavzusida  ''Ochiq dars'' tashkillandi. Ushbu ochiq dars ommalashtirilgan holda o‘tkazilib, unga Namangan Davlat Universiteti noorganik kimyo fani o‘qituvchisi doktorant A. Nodirov va magistrant M. Mahmudovlar tashrif buyurishdi. Ustozlar tomonidan o‘quvchilarga oksidlanish va qaytarilish jarayoni to‘g‘risida bilim~ko‘nikmalarini berib, kundalik hayotimizdagi o‘rni, ahamiyati aytib o‘tildi. So‘ngra o‘quvchi yoshlar uchun qiziqarli kimyoviy tajribalar o‘tkazildi. Tajribada ammoniy xloridning hosil bo‘lishi, mis kuporosi va  vodorod peroksidlar o‘rtasida tajriba olib borildi.