Namanganlik sportchimiz munosib o'rinni qo'lga kiritdi

Triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblari taqdirlandi

Samarqand eshkak eshish kanalida boshlangan triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

Unda 160 nafar havaskor hamda professional sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, ayollar o‘rtasidagi bahsda toshkentlik sportchi Alina Hakimova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Uning hamshahri Muslima Jumaboyeva ikkinchi, namanganlik triatlonchi Oydina Ikromova uchinchi o‘rinni egalladi.

Erkaklar bahsida ham toshkentlik sportchi Aleksandr Kurishov chempionlikni tantana qildi. Yana bir toshkentlik sportchi Arslon Tursunov ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qashqadaryo viloyati vakili Ikromjon Umarovga uchinchi o‘rin nasib etdi.

Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Namangan viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi axborot xizmati.