Diqqat tender tanlovi!

 

         Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DM Namangan viloyati boshqarmasi 2023 yilning 15 iyuldan 2023 yilning 15 avgustga qadar viloyat tumanlarida fermer xo‘jaliklarini  urug‘chilikka ixtisoslashtirish bo‘yicha tuman komissiyalari tomonidan tender tanlovlari o‘tkazilishini ma’lum  qiladi.

        

         Tanlovda qo‘yidagilar e’tiborga olinadi:

 

         - dehqonchilik madaniyatining yuqoriligi;

         - ekin maydonlarining yuqori hosildorligi,

         - g’alla va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini tayyorlash rejasini surunkali oshirib bajarib kelinayotganligi;

         - fermer xo‘jaligida urug‘chilik tajribasiga ega, malakali mutaxassis borligi va urug‘chilik talablariga rioya etish majburiyligi;

         - yetarli qishloq xo‘jaligi texnikalarining mavjudligi;

         - suv ta’minotining yaxshiligi;

         - fermer xo‘jaligining moliyaviy holati;

         - tuproq unumdorligi (bonitet ball);

         - songgi uch yil ichida ekin maydoni kasalliklarga chalinganligi, zararkunandalar bilan zararlanganligi, begona o’tlar tarqalganligi;

         - talabgorning qishloq xo’jaligi soxasidagi ish staji;

         - so’nggi uch yilda yetishtirilgan boshoqli don xosildorligi o’rtacha ko’rsatkichi;

 

 

 

         Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va xujjatlar tuman komissiyalari tomonidan qabul qilinadi va e’lon berilgan kundan boshlab, 30 kun muddatda tanlov o‘tkaziladi.

         Tender to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DM Namangan viloyati boshqarmasi yoki tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limidan olishingiz mumkin.

 

 

(Murojat uchun telefon 69-44-22-557 )