O'zbekiston va xorijda reklama tiliga munosabat qanday?
O'zbekistonda reklama tarqatishda davlat tiliga doir talablarga amal qilmaganlik uchun ma’muriy jarima qo‘llash taklif etilmoqda. (https://regulation.gov.uz/uz/d/87969) Ushbu taklif bizni xorij mamlakatlarining reklama tiliga oid qonunchiligini o'rganishga undadi. (https://telegra.ph/Reklamalarda-davlat-tili-Talab-qayerda-bor-u-qayerda-yoq-11-04)
▪️Ko‘pgina davlatlar reklama sohasida o‘z tilini asrab-avaylash va targ‘ib qilishga katta ahamiyat beradi. Ular madaniy va lingvistik o‘ziga xoslikni saqlash, shuningdek, axborot xavfsizligi va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uchun davlat tilidan foydalanish muhimligini e’tirof etadi. Aksariyatida reklama va e’lonlarda davlat tilidan foydalanish talab etiladi, zarur hollarda, davlat tili bilan birga boshqa tillardan foydalanish mumkin.
Bizning qonunchiligimizda ham reklamada davlat tilini himoya qilish va targ‘ib qilishning umumiy tendensiyalari aks etgan.
Reklama tili bo'yicha qayerda qanaqa talab bor? Misollarni #infografikaga jamlandi.