🔘Toʻraqoʻrgʻon tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida tuman boʻyicha jami 309 nafar mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan fuqarolar aniqlangan. Joriy yilda shulardan 17 nafari ish bilan taʼminlandi.

🔘Qolaversa, bugungi seminarda ham nogironligi boʻlgan fuqarolarning yana 16 nafari ish bilan taʼminlandi. Tumanning “Oqtosh tekstil” sochiq fabrikasida boʻlib oʻtgan bandlik seminarida jami 32 nafar nogironligi mavjud fuqarolar ishtirok etdi.

🔘Tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan ayni mavzuda rejalar qatʼiy belgilab olingan boʻlib, yil yakuniga qadar tumandagi 309 nafar mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan shaxslarning hammasini bandligi taʼminlanishi koʻzda tutilgan.