Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti jamoasi tomonidan navbatdagi koʻkalamzorlashtirish tadbiri o‘tkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi farmonida tatbiq etilishi belgilangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida NamDChTI jamoasi tomonidan koʻchat ekish, koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar faol tashkil etilmoqda.
Bu doirada institut rektori R.Karimov boshchiligida prorektorlar, boʻlim boshliqlari, dekan oʻrinbosarlari, ishchi-xodimlar hamda tyutorlar Toʻraqoʻrgʻon tuman hududida joylashgan “Ibrat” qabristoniga turli manzarali daraxtlarni ekib, bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdilar.
Ushbu tashabbusdan koʻzlangan maqsad esa mamlakatimiz obodonlashishiga hissa qoʻshish bilan birga Ibrat shaxsiyatiga koʻrsatilayotgan hurmatni ham anglatadi.