💥Yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash bugun ustuvor masalalardan biriga aylanmoqda. Shu maʼnoda Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Xon atlas” haftaligi doirasida “Milliy liboslar jilosi” nomli tadbir tashkil etildi.
🌈Tadbirda professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, atlas, adras, beqasam va ipak tolalaridan tayyorlangan turli liboslar kiygan holda, milliylikka xos boʻlgan bir qator anʼanalar asosida koʻrgazmalar oʻtkazildi.
✨Talaba qizlar tomonidan turli ranglar jilosini oʻzida mujassam qilgan matolar xususida qiziqarli maʼlumotlar berildi. Oʻzbek ayollarining oqilona tafakkuri, axloqiy ziynatidan soʻz ochuvchi kichik sahna koʻrinishlari ham namoyish etildi.
⌛️Shuningdek, oʻzbek ayollarining obrazlari oilalardagi samimiy munosabatlar asnosida namoyon boʻldi