Qaror ijrosi nazoratda
🔷 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatimizda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman hokimining maslahatchisi H.Maxmudova To‘raqo‘rg‘on “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganish ishlari olib bordi.
✅ O‘rganish jarayonida muassasada hujjatlarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi nazoratga olinganligi aniqlandi hamda ushbu tashkilotga foydalanishlari uchun Davlat tilida ish yuritish qo‘llanmasi taqdim etildi. Jamoaga “Davlat tili haqida”gi qaror talablari tushuntirildi hamda tavsiyalar berildi