Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan Davlat chet tillari instituti rektori R.Karimovga Toʻraqoʻrgʻon tumani Oʻrda va Axsi MFYdan 23 nafar yoshlar biriktirilgan boʻlib, yoshlarni kasb-hunar, fan, chet tillarini oʻqitish, bandligini taʼminlash bilan bogʻliq asosiy muammolarini oʻrganish hamda vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan davomli tadbirlarni olib borilishi belgilangan.
Shundan kelib chiqqan holda, institut masʼul xodimlari oʻrganish va yoshlar bilan yuzma-yuz suhbatlashish maqsadida Axsi MFY hududida boʻldilar. Bu mahalladan jami 9 nafar yosh biriktirilgan boʻlib, ularning 4 nafari bilan yuzma-yuz (2 nafar yosh korxonada ishda ekani, 3 nafari esa mavsumiy ishlash uchun boshqa hududga ketganligi sabab ota-onalari bilan) suhbatlashildi.
Tadbir davomida yoshlarning ayni paytdagi bandlik holati, kelajakdagi rejalari, mavjud muammolari hamda maqsadlarini oʻrganish yuzasidan soʻrovnomalar ham oʻtkazildi