☄️☄️Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Jamoatchilik kengashining 2023/2024-o‘quv yilidagi 1-son Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi
Bundan ko‘zlangan maqsad: mamlakatimizda mustaqil fuqarolik institutlarini rivojlantirish va mustahkamlash, ularning erkin faoliyati kafolatlarini ta’minlash, davlat organlarining fuqarolar bilan yaqin hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ularning ochiq, shaffof va oshkora faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, davlat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdan iboratdir.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi “Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-275-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar Jamoatchilik Kengashining kun tartibidan o‘rin oldi. Shu tartib, Ta’lim sifatini nazorat qilish soha yo‘nalishlari, Ma’naviy-ma’rifiy soha, O‘quv uslubiy soha, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar sohasi, Moliyaviy-xo‘jalik sohasi bo‘yicha hisobotlar tinglandi.
👩🏫 Jamoatchilik kengashi raisi sifatida To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Zohida Kenjayeva, a'zolar esa viloyat hamda tumandagi nufuzli davlat tashkilotlari, shuningdek, nodavlat-notijorat tashkilot vakillaridan iborat bo‘lib, har birlari majlis davomida OTM faoliyati, salohiyati, ta’lim-tarbiya uzviyligida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
📌Majlis so‘ngida esa Kengash raisi Z.Kenjayeva hamda NamDChTI rektori R.Karimov tomonidan 2024-2025 o‘quv yili uchun kengashning ustuvor vazifalari belgilab olindi.
😨NamDChTI Axborot xizmati!