📕"Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuv-muloqotlar oʻtkazish odat tusiga kirgan. Bugun ana shu loyihani chin maʼnoda davomchisi sifatida Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutiga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod ziyo nuri ulashish maqsadida tashrif buyurdi.

✍️Bobir Hodiyevich Bomuradov (Bobur Bobomurod) 1968-yil 27-fevralda Buxoro shahrida ishchilar oilasida tugʻilgan. Nazm, badiiy tarjima janrlarida ijod qiladi. 1995–2021-yillarda “Koʻzgudagi odam”, “Muhabbat yolgʻonlari”, “Yolgʻiz qolgan ayol”, “Elim boʻldi davlatli”, “Buxorodan kuyov qiling”, “Esiz odam”, “Chimyon taronalari”, “Sukutdagi goʻzal”, “Umr bahori”, “Bir kun kelib”, “Yuragim”, “Xudo bergan oʻzbekka”, “Koʻrgim kelar sizni negadir”,“Vatan mehri” nomli toʻplamlari chop etilgan.

📕Ijodiy uchrashuv chogʻida mehmonimiz inson maʼnaviyatini yuksalishida badiiy asarlarning oʻrni hamda oʻz mehnat faoliyatlari yuzasidan yoshlarga maʼlumotlar berdi. Ushbu tadbirda shoir oʻzlarining tavsiyalarini taqdim etib, talabalar bilan ijodiy fikr almashdilar. Ijodkorning maʼnaviyati va ijodiy yondashuvi ishtirokchilarga ilhom bagʻishladi.

✍️Ijodkorlar bilan adabiy tadbirda sheʼriyat ixlosmandlari, boʻlgʻusi shoira talaba-qizlar oʻzlarining sheʼriy mashqlarini oʻqib berishdi.

📝Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati