🟢To’raqo’rg’on tumanida joylashgan Madaniyat markazida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan “Elga xizmat – oliy maqsad!” shiori ostida kouching tashkil etildi.

🧮Erkin va samimiy suhbat hamda oʻzaro fikrlar almashinuvi tarzida kechgan kouchingda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshlig’i Ibrohim Xodjiyev, tuman hokimi o’rinbosari Ikromjon Parpiyev, tuman “Inson” markazi xodimlari hamda mahallalardagi aholi vakillari ishtirok etdilar.

💻Mazkur kouchingda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ko’rsatiladigan barcha ijtimoiy xizmatlar haqida fuqarolarimizga batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, interaktiv usulda fuqarolar bilan psixologik o’yinlar o’tkazildi.

👥O’zaro hech qanday chegaralarsiz o’tkazilgan tadbirda aholi vakillari barcha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shuningdek, ularni yanada sifatli xizmatlarni tashkil etish borasidagi takliflari ham tinglandi.

🖋Xususan, gaz va elektr toʻlovlari uchun bir martalik kompensatsiya toʻlovlari, sanatoriylarga yoʻllanma berish tartibi, “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasidan yordam koʼrsatish, nogironligi boʼlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan taʼminlash, ijtimoiy nafaqalar kabi yoʼnalishlarda fuqarolarimizning xabardorligini oshirish kouchingni asosiy koʻzlangan maqsadi hisoblanadi.

⚠️“Elga xizmat – oliy maqsad!” shiori ostida kouching viloyatimiz bo’ylab barcha hududlarda tashkil etiladi.

🟢Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati