#Sayyor_qabul

Xalq bilan muloqot, odamlar orasiga kirib borish va shu yo‘l orqali joylardagi muhim va dolzarb masalalarni o‘rganish bugunning ustuvor vazifalaridan sanaladi.

To‘raqo‘rg‘on tumanida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Bahodir Yusupov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilmurod Ismailov, boshqarma boshlig‘i A’zamjon Isakov ishtirok etishdi.

Jarayonda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish, oilaviy bog‘cha ochish, ishga joylashish kabi masalalarda fuqarolarning 50 dan ortiq murojaat va takliflari kelib tushdi. Ularning 16 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etilib, yechimi va o‘rganishni ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati