Agentlik direktori Namangan viloyatidagi xizmat safari davomida bandlik masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Xususan, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtosh tekstil” MCHJ korxonasida bo’lib, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda reyestrlarda turgan oilalar a’zolari bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va sharoitlar bilan tanishdi.

Mazkur korxonada jami 575 nafar fuqarolarning, shundan 124 nafar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va “Kambag‘al oilalar reyestri”dagilar hamda 15 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi ta’minlangan. Ushbu korxonada ishchilar uchun 1 nafar psixolog shtati ham ajratilgan.